Daryo.uz | Rasmiy kanal
Go‘daklikdan Bollivuddagi muvaffaqiyatgacha: Shohruh Xonning avval e’lon qilinmagan suratlari (foto)
Bugungi kunda Shohruh Xon hind kinosining butun dunyodagi ixlosmandlari uchun birdek sevimli aktyor hisoblanadi. Turli yo‘nalishdagi bir-birini takrorlamaydigan obrazlar unga olamshumul mashhurlik olib kelgan. Quyida uning hayotining turli davrlari aks etgan fotojamlanma taqdim etiladi.
Talabalik
Shohruhxon Dehli universiteti kollejida tahsil olayotgan damlar.
Bu esa aktyorning kollejga qabul qilingani to‘g‘risidagi varaqa. U iqtisodiyot yo‘nalishida o‘qigan.
Sport
Shohruh Xon sport musobaqalariga har doim qiziqqan, kriket uning sevimli sport turi bo‘lgan.
Shohruhxonning hozirda ham kriket bo‘yicha o‘z jamoasi bor.
Go‘dakligi va bolaligi
Yangi tug‘ilgan Shohruh Xonni uning otasi Mir Toj Muhammad Xon ko‘tarib turibdi. Uning yonida esa Shohruh Xonning opasi Shahnoz.
Go‘dak Shohruh Xon.
Yoshlik yillari
Shohruh Xon rafiqasi Gauri va opasi Shahnoz Lolaruh bilan.
Maktab yillari
Shohruh Xon maktabda a’lochi o‘quvchi bo‘lgan.
Ushbu suratda Shohruh Xon ayol kishi obrazini ijro etmoqda.
Shohruh Xonning ota-onasi.
Aktyorning otasi Mir Toj Muhammad Xon va onasi Fotima Latif.
Kino olami
Muvaffaqiyat va mashhurlik
Shohruh Xon va Hindistonning sobiq prezidenti Kocheril Raman Narayan “Ashoka” filmi taqdimotida. Aktyor filmda bosh rolni ijro etgan.
Shohruh Xon va Ayshvariya Ray Fransiyada o‘tkazilgan 55-Kann kinofestivalida.
Moda namoyishida. Suratda Shohruh Xon, Nita Lulla va Ayshvariya Ray.
Nita Lulla hindistonlik taniqli dizayner bo‘lib, u 300 dan ortiq film uchun liboslar yaratgan.