Daryo.uz | Rasmiy kanal
FVV Sardoba suv toshqini talafotlarining bartaraf etilishi yuzasidan statistik hisobot berdi
AOKA huzuridagi shtabda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati rahbari Murod Sodiqov Sardoba suv toshqini talafotlarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan bayonot berdi.
FVV rasmiysi bayonotida quyidagi statistik ma’lumotlar taqdim qilingan:
- Hozirgi kunga qadar 5171 ta xonadonda tozalash ishlari olib borilgan;
- Xarobalar ostidan olib chiqilgan yana 21 bosh uy hayvoni jasadi ko‘milgan;
- Toshqindan zarar ko‘rgan hududlarda yong‘in xavfsizligi profilaktikasi tadbirlari puxta yo‘lga qo‘yilgan;
- Hasharchilar yashaydigan 13 ta yotoq joyning sanitar-epidemiologik holati o‘rganilgan;
- 1773 ta uyda ta’mirlash va tiklash ishlari olib borilmoqda;
- 2640 xonadonga ega 66 ta ko‘p qavatli uy qurish rejalashtirilmoqda;
- Talafot ko‘rgan 478 ta turar joy va 161 022 kvadrat kilometr maydon, shuningdek, 475 ta ijtimoiy obyekt dezinfeksiya qilingan.
Mavzuga doir: