Daryo.uz | Rasmiy kanal
Boj to‘lashdan shartli ozod etiladigan tovarlar ro‘yxatini to‘ldirish haqidagi hukumat qarori qabul qilindi
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi 322-son qarori bilan Bojxona bojlari va soliqlar to‘lashdan shartli ozod etish, ozod etish shartlari, shuningdek, imtiyozlarning amal qilish muddatlari qo‘llaniladigan vaqtincha olib kiriladigan tovarlar ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar qilgan.
Unga ko‘ra, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishga mo‘ljallangan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan maxsus texnika va texnologik uskunalar bojxona bojlari va soliqlar to‘lashdan shartli ozod etiladi.
Maxsus texnika va texnologik uskunalardan ko‘rsatilgan loyihalar doirasidan tashqarida foydalanganlik holati aniqlanganda bojxona to‘lovlari belgilangan tartibda undiriladi.
Mavzuga doir: