Daryo.uz | Rasmiy kanal

Narpayda ro‘zador o‘qituvchilar hojatxona tozalashga jalb qilingani aytildi

Davomi: Narpayda ro‘zador o‘qituvchilar hojatxona tozalashga majbur qilingani aytilgan edi. Topshiriqni XTB mudiri hokim nomidan bergan

Samarqandning Narpay tumanidagi maktab o‘qituvchilari ro‘za paytida maktab hojatxonalarini tozalashga jalb qilingani aytilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga ma’lum qilgan murojaatchilar hojatxona tozalayotgan va ta’mirlayotgan o‘qituvchilar rasmini ham yuborgan.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/1-maktabdagi-tamirlash-1.jpg
Narpay tumanidagi 1-maktabda olib borilgan ta’mirlash ishlaridan lavha.

Ta’kidlanishicha, hojatxona ta’mirlashga majburiy tarzda jalb qilingan o‘qituvchilar viloyatda karantin bo‘lishiga qaramay, o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib maktabga qatnagan.

Mavzuga doir: 

Hojatxonalar ta’miri qanday ketayotganini aniqlash maqsadida tuman hokim o‘rinbosari Asqar Rustamov boshchiligida XTB mudiri Mirzohid Yo‘ldoshev, tuman kasaba uyushmasi rahbari Muhammad Jumayevdan iborat guruh har kuni maktablarga borib, holatni o‘rgangan.

“Daryo”ga yuborilgan va 2020-yil 22-may kuni tasvirga olingan videodan anglashilishicha, ushbu guruh tumandagi 32-maktabda bo‘lganida XTB mudiri Mirzohid Yo‘ldoshev ta’mirdan ko‘ngli to‘lmay, maktab direktorini turtkilab tashlagan.

Нарпай ҳокими рўзадор ўқитувчиларни ҳожатхона тозалашга жалб қилди. Рўзадорлар қийналиб қолаётганини айтган директор ХТБ мудирининг қаршилигига учради

@toshonlayn

“Maktab direktori o‘qituvchilar ro‘zadorligi uchun jismoniy mehnatdan qiynalayotganini aytgan vaqtda mudir ‘sen buyurilgan ishni qil’ deb direktorni turtgan”, — deyiladi tahririyatga qilingan murojaatda.

Murojaatchilarning aytishicha, ushbu maktab joylashgan Umid qishlog‘i “Obod qishloq” davlat dasturiga tushgan bo‘lsa ham barcha ta’mirlash ishlari shu yo‘sinda amalga oshiriladi.

Qolaversa, hududdagi uylar ta’miri va aholi holidan xabar olish ham maktab direktorlariga yuklatilgan. “O‘zining yog‘iga o‘zini qovurish deyiladi bu”, — deydi murojaatchilar.

Tuzatish: Xabarning dastlabki tahriri “Samarqand viloyatining Narpay tumani hokimi ro‘zador o‘qituvchilarni hojatxona tozalashga jalb qilgani aytilmoqda” sarlavhasi ostida e’lon qilingan edi. Biroq keyinroq topshiriq tuman hokimi nomidan tuman XTB mudiri tomonidan berilgani ta’kidlandi, bunda audiodalil taqdim etildi. Berilgan noaniq axborot uchun uzr so‘raymiz.