Daryo.uz | Rasmiy kanal

Bundesliga. “Bayer” yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi, “Borussiya M” va “Ayntraxt”da durang

Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 28-turidan o‘rin olgan biroq qator bahslar 26-may, seshanba oqshomida bo‘lib o‘tdi.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/EY98L39XYAAW8z0-680x383.jpg
Foto: Bundesliga

Leverkuzenning “Bayer” jamoasi o‘z maydonida “Volfsburg”ni qabul qildi va kutilmaganda yirik hisobdagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Mehmonlar safida Marin Pongrachich dublga erishgan bo‘lsa, Maksimilian Arnold va Renato Shteffen bir martadan raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Mezbonlarning yagona javob to‘piga Yulian Baumgartlinger muallif bo‘ldi.

Parallel kechgan bahslarda “Ayntraxt” o‘z uyida iroda namoyish qilgan holda “Frayburg” bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi. “Verder” va “Borussiya M” ishtirokidagi o‘yinda esa hisob ochilmadi.

Shu tariqa “Borussiya M” ochkolarini 53 taga yetkazib olgan holda “Bayer” bilan tenglashdi va musobaqa jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi. Leverkuzenliklar esa ikkinchi o‘rindagi “Borussiya D”ga (57) yetib olish imkoniyatidan foydalana olmadi.

Bundesliga

28-tur bahslari

26-may, seshanba

“Bayer” — “Volfsburg” 1:4

Gollar: 0:1 – 43 Pongrachich, 0:2 – 64 Arnold, 0:3 – 67 Shteffen, 0:4 – 75 Pongrachich, 1:4 – 85 Baumgartlinger.

“Ayntraxt” — “Frayburg” 3:3

Gollar: 0:1 – 28 Grifo, 1:1 – 35 Andre Silva, 1:2 – 67 Petersen, 1:3 – 69 Heler, 2:3 – 79 Kamada, 3:3 – 82 Chendler.

“Verder” — “Borussiya M” 0:0

Mavzuga doir: Bundesliga. “Bavariya” safarda “Borussiya D”ni mag‘lub etdi. Kimmixdan shedevr (video)