Daryo.uz | Rasmiy kanal

Moliya vazirligi: Energetika vazirligi neft mahsulotlarini import qilish bo‘yicha aksiz solig‘i stavkalarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha taklif kiritmagan

Moliya vazilrigi bugungi kunda ishlab chiqarilgan neft mahsulotlari va import bo‘yicha aksiz solig‘i stavkalari bir-biridan farq qilishini ma’lum qildi.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/benzin-80-91-92.jpg
Foto: “Daryo”

Vazirlik izohiga ko‘ra, agar Ai-92 rusumli 1 tonna benzin ishlab chiqaruvchilar 250 million so‘m aksiz solig‘ini to‘lasa, import qiluvchilar ushbu benzin markasining bojxona qiymatining 5 foizi miqdorida aksiz solig‘ini to‘laydi, bu esa 1 tonna import benzini 240 AQSh dollari qiymatida 121 500 so‘mni tashkil etadi.

Moliya vazirligining qayd etishicha, 2020-yil boshida import va mamlakat ichida to‘langan aksiz solig‘i miqdori bir xil bo‘lgan.

Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda aksiz solig‘i stavkalarini bir xillashtirish ishlari doirasida import va neft mahsulotlari ishlab chiqarishda aksiz solig‘ining yagona stavkasini belgilash masalalari ishlab chiqilmoqda.

Energetika vazirligi neft mahsulotlarini import qilish bo‘yicha aksiz solig‘i stavkalarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha Moliya vazirligiga takliflarni kiritmadi, deyilgan vazirlik axborot xizmatining xabarida.

Avval “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi benzin importiga aksiz solig‘ini 5 foizdan 20 foizga oshirishni taklif qilgani, mazkur stavkalarga ko‘ra, bitumdan olinadigan neft va neft mahsulotlariga aksiz solig‘ini 5 foizdan 0 foizgacha kamaytirish rejalashtirilgani, ammo Ai-80, Ai-91, Ai-92 benzinlariga aksiz solig‘ini 5 foizdan 20 foizgacha ko‘tarish taklif etilayotgani, “Jet A-1” markali gaz trubina dvigatellari va “TS-1” reaktiv dvigatellari uchun aviayoqilg‘i stavkalari ham oshishi mumkinligi xabar qilingandi.

“O‘zbekneftgaz” 2020-yil 29-apreldan boshlab Ai-92 markadagi benzin narxini 500 so‘mga arzonlashtirib, 5500 so‘m qilib belgilagan. 3-maydan boshlab esa Ai-80 benzini ham 500-600 so‘mga pasayib, 3900-4000 so‘mdan sotish yo‘lga qo‘yilgan.