Daryo.uz | Rasmiy kanal
Ispaniyada xorijlik sayyohlar uchun majburiy bo‘lgan karantin talabi 1-iyuldan bekor qilinadi
Ispaniya hukumati 1-iyuldan boshlab xorijlik sayyohlar uchun 14 kunlik karantinni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Ispaniya hukumati tomonidan ma’lum qilinishicha, mazkur qaror 25-may kuni bo‘lib o‘tgan vazirliklararo yig‘ilishda qabul qilingan.
Ispaniya hukumati 12-maydan boshlab xorijdan keladigan barcha fuqarolar uchun 14 kunlik karantinni joriy qilgan. Ayni paytda mamlakat chegaralari sayyohlar uchun yopiq, aviaqatnovlar esa cheklangan. 23-may kuni Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches mamlakat iyul oyidan boshlab sayyohlarni qabul qilishga tayyor bo‘lishini ma’lum qilgan.
Avvalroq Chexiyada jamoat joylarida niqobsiz yurishga ruxsat berilgani, Chernogoriya koronavirusni yenggan Yevropadagi birinchi davlatga aylangani haqida xabarlar berilgandi.