Daryo.uz | Rasmiy kanal

Yevropa Kengashi koronavirus pandemiyasidan so‘ng dunyoda biologik qurol qo‘llanilishi xavfi ortishi mumkinligidan ogohlantirdi

Yevropa Kengashining terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha ekspertlari koronavirus pandemiyasidan so‘ng dunyoda biologik qurol qo‘llanilishi xavfi oshishi mumkinligidan ogohlantirdi.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/xavf.jpg
Foto: Getty Images

Ayni paytdagi vaziyat insoniyatning virusli infeksiyalar va uning dahshatli oqibatlari oldida ojizligini ko‘rsatdi, deyiladi ekspertlar xulosasida. Ushbu xulosalar 25-may kuni Funke Mediangruppe nashri tomonidan keltirilgan.

Qayd etilishicha, ekstremistlar uchun biologik quroldan foydalanish ko‘proq qo‘l kelishi mumkin, bu esa “an’anaviy” hujumga qaraganda odamlar hamda iqtisodiyotga ko‘proq zarar yetkazadi.

Shuningdek, ayrim ekstremistik guruhlar bunday qurol bilan allaqachon tajriba o‘tkazishgani ta’kidlangan.

Mutaxassislar Yevropa davlatlarini ushbu ehtimoliy tahdidga qarshi qat’iy va kelishilgan javob choralarini ishlab chiqishga chaqirmoqda. Ularning fikricha, shunbali holatlarni tekshirishga yordam beruvchi umumiy monitoring tizimi bo‘lishi lozim.

Mavzuga doir: