Daryo.uz | Rasmiy kanal

O‘zbekistonda “Vatan o‘g‘loni” harbiy-vatanparvarlik tashkiloti tashkil etish taklif qilindi

Mudofaa vazirligi “O‘zbekiston Respublikasi ‘Vatan o‘g‘loni’ bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik tashkiloti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/%D2%B2%D0%B0%D1%80%D0%B1%D0%B8%D0%B9%D0%BB%D0%B0%D1%80-%D0%BE%D1%80%D0%BA%D0%B5%D1%81%D1%82%D1%80-13-680x454-680x454.jpg
Foto: “Daryo”

Unga ko‘ra, Mudofaa vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan “Vatan o‘g‘loni” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik tashkilotini tuzish, shuningdek, “Vatan o‘g‘loni” tashkiloti huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan shu nomdagi bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi.

Belgilab qo‘yilishicha:

“Vatan o‘g‘loni” tashkilotining asosiy vazifalari “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunni amalga oshirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik, bag‘rikenglik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar va qonunlarga nisbatan yuksak hurmat ruhida tarbiyalash, ularda mamlakat suvereniteti va mustaqilligini himoya qilish bo‘yicha burch tuyg‘usini shakllantirish, shuningdek, Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tash va unga tayyorlash bo‘yicha ijobiy motivatsiyani shakllantirish hisoblanadi.