Daryo.uz | Rasmiy kanal

Xitoy AQShni “yangi sovuq urushni” boshlashga undayotganlikda aybladi

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Pekinda bo‘lib o‘tgan Milliy xalq kongressi doirasida AQShdagi ba’zi siyosiy kuchlar ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni “yangi sovuq urush”ga aylantirishga undayotganini ma’lum qildi, deb xabar beradi Bloomberg.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/5154a4df25b1c0c27f38f08f045d3-650x412.jpeg
Foto: Reuters

“AQShdagi ayrim siyosiy kuchlar Xitoy—Amerika munosabatlarini asirga olib, ushbu aloqalarni yangi sovuq urushi chegarasiga olib kelmoqda. Bu xavfli va dunyo tinchligiga tahdid soladi”, — deydi Xitoy TIV rahbari.

Bundan tashqari, vazir Vashingtonni Tayvandagi “Xitoyning qizil chizig‘iga qarshi chiqmaslikka” chaqirdi. Shu orqali u AQSh davlat kotibi Maykl Pompeoning an’analarni buzishiga munosabat bildirgan. O‘tgan hafta Davlat departamenti rahbari Tayvan prezidenti Say Invenni lavozimga ikkinchi marotaba saylangani munosabati bilan tabriklagan edi.

Shuningdek, Xitoy TIV rahbari yadroviy qurollar bo‘yicha Vashington va Pxenyan o‘rtasidagi tarixiy kelishuvlarni buzishda ayblagan. “Biz so‘nggi yillarda KXDR tomonidan deeskalatsiya va yadro qurolidan xoli bo‘lish borasida ijobiy qadamlar qo‘yilganining guvohi bo‘ldik. Afsuski, Amerika tomoni ushbu qadamlarga munosib javob bermadi. Bu Shimoliy Koreya va AQSh diologining boshi berk ko‘chaga kirib qolganining asosiy sababi”, — deydi Van I.