Daryo.uz | Rasmiy kanal

Profilaktika ishlari sababli o‘zbekistonliklarga xorijga chiqish pasportini berish ishlari 2 kunga to‘xtatildi

O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini berish ishlari 25—26-may kunlari to‘xtatildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/%D1%84%D2%9B%D1%84-680x451.jpg
Foto: “Daryo”

Ma’lum qilinishicha, fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirish yuzasidan talabnoma shakllantirish hamda tayyor xorijga chiqish biometrik pasportlarini egalariga taqdim etish ishlari 25—26-may kunlari vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Mazkur ishlarning to‘xtatilishiga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida profilaktika ishlari olib borilishi sabab bo‘lgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini berish tartibi belgilandi