Daryo.uz | Rasmiy kanal
Tovada tovuqli kabob pishiramiz
Mazkur kabobni sabzavot va garnir bilan kechki ovqatga tayyorlash tavsiya qilinadi.
Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
- Tovuq filesi — 450 gr
- Soya — 60 ml
- Shakar — 120 ml
- Piyoz — 450 gr
- O‘simlik yog‘i
- Bulg‘or qalampiri
Tayyorlanish jarayoni:
- Cho‘p sixlarni 30 daqiqa suvga ivitib qo‘ying.
- Tovuq filesi va piyozni 3 santimetr qalinlikda to‘g‘rang.
- Soyaga shakar qo‘shib aralashtiring.
- Tovuq go‘shti, piyoz va bulg‘or qalampirini sixga torting.
- O‘simlik yog‘i solingan tovada o‘rtacha olovda qovuring.
- Qovurma kabobni sousga botiring.
- Sabzavotlardan salat tayyorlang, garnir sifatida guruch yoki makaron pishirish tavsiya qilinadi.
Yoqimli ishtaha!