Daryo.uz | Rasmiy kanal

Toshkent viloyati hokimi hayitlik ulashdi. Ular orasida uy ham bor

Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov Ramazon hayiti bayramida bir necha oilalarning xonadonida bo‘lib, ularning holidan xabar oldi. Ta’kidlanishicha, ularga esdalik sovg‘alar, 2 million so‘mdan moddiy yordam va boshqa qimmatbaho sovg‘alar ulashilgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/photo_2020-05-24_17-49-42-680x413.jpg
Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Viloyat rahbari dastlab O‘rta Chirchiq tumaning “O‘rtaovul” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Hamdo‘stlik ko‘chasi 56-uyda istiqomat qiluvchi Ilyosovlar xonadoniga tashrif buyurgan. Uy bekasi Arabgul aya uzoq yillardan beri og‘ir kasallik bilan kurashib keladi. Rustam Xolmatov oilaga hayitlik ulashib, muloqot davomida bu xonadonga kelgusida ham zarur yordam ko‘rsatish, ayaning farzandi va nabiralari uchun munosib hayot tarzini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar bergan.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/photo_2020-05-24_18-14-23-680x453.jpg
Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Rustam Xolmatov Nurafshon shahrida yashovchi turmushidan ajrashib, farzandlarini yolg‘iz o‘zi tarbiyalab kelayotgan Zuhra Dadayeva uy-joyga muhtojligini hisobga olib, yaqin kunlarda unga Nurafshon shahridan yangi uy-joy ajratib beriladigan bo‘ldi.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/photo_2020-05-24_18-14-18-680x453.jpg
Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Shuningdek, viloyat hokimi Oqqo‘rg‘on tumani “Zarbdor” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, o‘zi otaliqqa olgan bir oilaning to‘rt qizi holidan xabar oldi. Yaqinda o‘tkazilgan “Ming oilaga – ming tuhfa” aksiyasi doirasida qizlarga sog‘in sigir berilgan edi.

Muloqot chog‘ida viloyat hokimi qizlarning kelgusi hayoti, o‘qish va ishlari bilan qiziqdi. Biri shifokor, ikkinchisi biolog bo‘lishga havasmand yoshlar o‘z reja-maqsadlarini gapirib bergan. Viloyat hokimi poytaxtdagi to‘qimachilik korxonalaridan birida mehnat qilib kelayotgan qizlarning to‘ng‘ichi ish joyini yaqinda Oqqo‘rg‘on tumanida faoliyatini boshlagan to‘qimachilik korxonasiga ko‘chirish, unga ma’lum yengilliklar berish bo‘yicha taklif bildirdi.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/photo_2020-05-24_17-49-47-680x453.jpg
Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Shu kuni Rustam Xolmatov Oqqo‘rg‘on tumaning “Hamid Olimjon” fuqarolar yig‘ini Fidoyi ko‘chasida istiqomat qiladigan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi – 100 yoshdan oshgan Fayzulla bobo Nurmatov xonadonida ham bo‘ldi.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/photo_2020-05-24_18-15-24-680x453.jpg
Foto: Toshkent viloyati hokimligi
https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/photo_2020-05-24_18-14-13-680x453.jpg
Foto: Toshkent viloyati hokimligi