Pandemiya sharoitida Ramazon hayitini nishonlagan dunyo musulmonlari — suratlarda 25 May 2020, 16:15 24-may kuni dunyo musulmonlari Ramazon hayitini nishonladi. Reuters turli mamlakatlarda yashovchi musulmonlar muqaddas bayramni qanday nishonlagani aks etgan fotojamlanmani taqdim etdi.
Afg‘onistonning Kobul shahrida Hayit kuni attraksion uchayotgan bolalar. Turkiyaning Istanbul shahridagi Sulaymoniya masjidi xodimlari Hayit kuni bo‘m-bo‘sh masjid ichida namoz o‘qimoqda. Kashmir musulmonlari uy hovlisidagi bog‘da namoz o‘qimoqda. Buyuk Britaniyada yashovchi musulmonlar oilasi Hayit namozini uydagi hovlida o‘qimoqda. Senegalda musulmonlar Hayit namozini o‘qimoqda. Kobulda o‘qilayotgan Hayit namozi. Indoneziyadagi masjidda Hayit namozini o‘qiyotgan musulmonlar. Keniyada karantin tufayli masjidlar yopiq. Shu bois musulmonlar uy hovlisida namoz o‘qimoqda. Suriyaning Idlib shahrida Ramazon hayitining birinchi kunida batutda o‘ynayotgan bolalar. Indoneziyada musulmon ayollar masjidda Hayit namozini o‘qimoqda. Londondagi musulmon oila. Oila boshlig‘i Farud Ahmed, rafiqasi Sana hamda farzandlari bilan videoaloqa orqali qarindoshlari bilan gaplashmoqda. Keyptaundagi imomlar Ramazon oyi nihoyasiga yetganini bildiruvchi Oy ko‘rinishini kutmoqda. Shri-Lankadagi musulmon oila uy tomida ibodat qilmoqda. Misrda masjidlar yopiqligi bois musulmonlar uylari tomida namoz o‘qimoqda. Indoneziyada msjidga kelayotgan musulmonlarning tana harorati o‘lchanmoqda. Kot-d’Ivuarda Hayit kuni namoz o‘qiyotgan musulmonlar. Bangkokdagi islom markazida Hayitni nishonlayotgan musulmonlar. Kot-d’Ivuarda ko‘chada namoz o‘qiyotgan musulmonlar. Bayrutdagi masjidda masofa saqlagan holda namoz o‘qiyotgan musulmonlar. Kobuldagi kichik fabrikada bayram shirinliklarini tayyorlayotgan erkaklar. Afg‘onistondagi masjidlardan birining oldida o‘ynab yurgan yosh bola.