Daryo.uz | Rasmiy kanal

O‘zbekistonda yana 9 kishida koronavirus aniqlandi. Jami kasallanganlar soni 3189 nafarga yetdi

O‘zbekistonda 25-may soat 16:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9 kishiga oshib, 3189 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Ma’lum qilinishicha, yangi kasallanish holatlarining 2 tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 5 tasi Toshkent viloyatida, 1 tasi esa Toshkent shahrida aniqlanib, ularning 6 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari, 2 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib kasallikni yuqtirib olishgan. Qolgan 1 nafari esa Karantin markazidagi fuqarolar orasida qayd etilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda 25-may soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 16 kishiga oshib, 3180 nafarga yetgani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan 2607 nafar fuqaro butunlay sog‘aydi, 569 nafar bemor nafar bemor davolanishni davom ettirmoqda, 13 nafar bemor esa koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan.