Daryo.uz | Rasmiy kanal
Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 350 ming kishidan oshdi
Rossiyada 25-may tonggi holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar 8 946 nafarga oshdi. Bu bir kun avvalgi ko‘rsatkichdan 347 kishiga ko‘pdir.
Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda umumiy hisobda 353 427 kishi koronavirusga chalingan.
So‘nggi sutkada kasallanganlarning eng ko‘pi Moskva (2 560 nafar), Moskva viloyati (831 nafar), Sankt-Peterburg (374) shaharlarida aniqlangan.
Shuningdek, sutka davomida 92 nafar bemor, umumiy hisobda esa 3 633 nafar bemor virus qurboni bo‘lgan. 24-may kuni esa koronavirus infeksiyasi yuqtirib olgan 153 kishi vafot etib, COVID-19 bemorlarining o‘limi bo‘yicha sutkalik antirekord yangilangandi.
Kasallanganlarning 5499 nafari tuzalib, ularning umumiy soni 118 798 nafarga yetgan.
Rossiya 12-maydan buyon koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda bo‘lib kelayotgandi. Endi esa Braziliya kasallanganlar soni bo‘yicha uni ortda qoldirdi.
Mavzuga doir: Putin Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashganini ma’lum qildi, biroq o‘lim ko‘rsatkichi oshishi mumkin