Daryo.uz | Rasmiy kanal
Janubiy Koreya koronavirusga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi
Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash, shuningdek, uning mamlakatda tarqalishining oldini olishga qaratilgan xalqaro hamkorlik doirasida Janubiy Koreya O‘zbekistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bu insonparvarlik yordamining uchinchi partiyasi bo‘lib, 23-may kuni Uzbekistan Airways’ning cherter reysi orqali keltirilgan.
Og‘irligi qariyb 2 tonnani tashkil etuvchi yordam yukida matras va yarim avtomat mexanizmli 20 ta ko‘p vazifali tibbiy karavotlar bor. Yordam Suwan TPL kompaniyasi va mamlakatning Seuldagi elchixonasi ko‘magida tashkillashtirilgan.
Umumiy qiymati 135 ming dollardan ziyodroq, vazni 17 tonnaga yaqin bo‘lgan insonparvarlik yordamining qolgan qismi esa keyingi charter reys tashkil etilishi bilan olib kelinadi.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreyadan insonparvarlik yordamining birinchi partiyasi aprel oyi oxirlarida, ikkinchi partiyasi esa may oyi o‘rtalarida yuborilgan edi.
Mavzuga doir: Turkiya O‘zbekistonga 50 ta sun’iy nafas oldirish uskunasini beg‘araz yordam sifatida taqdim etdi