Daryo.uz | Rasmiy kanal

Umar Nurmagomedov: UFC’da nimalarga qodirligimni ko‘rsatmoqchiman

Mutlaq yengil vazn toifasida GFC chempioni Umar Nurmagomedov UFC’dagi debyutini intizorlik bilan kutayotganini ma’lum qildi.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/5e58f2022030272ed25224ae-680x382.jpg
Foto: GFC

“Shartnoma imzolaganimdan keyingi hissiyotlar yodimda saqlanib turibdi. Juda xursand bo‘lganman, biroq bu hayron qolarli darajada bo‘lmagan, sababi biz bunga asta-sekin yetib kelgandik, ishladik va shug‘ullandik.

Eng yaxshi promoushenda o‘zimni ko‘rsatmoqchiman, nimalarga qodirligimni namoyish qilmoqchiman. Bu juda qiziq bo‘ladi. Rossiyadagi promoushenlarda menga yaxshi raqiblarni berishgan: Armen Gulyan, Nikita Chistyakov.

Afsuski shunday yaxshi jangchilar bilan bo‘lgan jangda o‘zimni ko‘rsatishga imkon bo‘lmadi. Meni o‘ylantirib qo‘yadigan jang bo‘lmadi. Shu sabab juda xursandman, xavotirdaman va debyutga hozirlik ko‘ryapman”, — deydi Umar Nurmagomedov.

Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli Umar Nurmagomedov MMA’da 12 jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘olib chiqqan. U so‘nggi bor Toshkentda o‘tgan GFC 20 kechasida Brayan Gonsalesni mag‘lub etib, chempionlik kamarini himoya qilgandi.

Fevral oyida rossiyalik sportchi UFC bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Umar aprel oyida bo‘lib o‘tishi mo‘ljal qilingan UFC 249 musobaqasida debyut qilishi kerak edi. Biroq koronavirus sabab mazkur jang bekor bo‘lgandi.

Habib Nurmagomedov ham mag‘lubiyatga uchragan, faqat MMA’da emas (video).