Daryo.uz | Rasmiy kanal

Koronavirus xavfi sabab Parkent tumaniga kirib-chiqish cheklandi

Koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi chora sifatida Toshkent viloyatining Parkent tumaniga kirish va chiqish cheklandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/photo_2020-03-24_21-10-30-680x428.jpg
Foto: “Daryo”

Ta’kidlanishicha, tuman hududini xavfli infeksiyadan batamom tozalashda tuman hokimligi, SEOM, IIB, harbiylar va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan ishlar amalga oshirilmoqda.

“Bunda karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda faoliyatni davom ettirish o‘ta muhimdir. Tuman markaziga olib kiradigan ko‘chalarda ortiqcha avtomobil harakatini cheklash va aholini maqsadsiz ko‘chaga chiqishini oldi olinmoqda”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bu ishlarni tashkil etishda tumanda bo‘lib turgan harbiylarning xizmatlari katta. Parkent tumani hokimi Nig‘mat Muhammedov tomonidan blok-postlarda xizmat o‘tayotgan harbiylarni rag‘batlantirgan.

Avvalroq koronavirus xavfi sabab Pastdarg‘om tumanining Juma shahriga kirib-chiqish to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekistonda 25-may soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3180 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda 2565 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan. Hozirda 602 nafar bemorga shifokorlar tomonidan davo choralari ko‘rilmoqda. 3 nafar bemorning ahvoli og‘ir.