Daryo.uz | Rasmiy kanal

Faoliyatini go‘zallik tanlovlaridagi ishtirokidan boshlagan 5 aktrisa

Aksariyat aktrisalar kino olamiga tasodifan go‘zallik tanlovlarida ishtirokidan so‘ng yog‘ila boshlagan takliflar orqali kirib kelgan. Quyida ana shunday aktrisalar haqida ma’lumot beramiz.

Ayshvariya Ray

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/photo_2020-05-24_14-57-11.jpg
Foto: Getty Images

Bollivudning eng taniqli aktrisalaridan biri Ayshvariya Ray bolaligidan go‘zallik tanlovlarida ishtirok eta boshlagan.

U dastlab “Hindiston go‘zali” bo‘lgan, keyinroq esa “Dunyo go‘zali” deb e’tirof etilgan. Shundan so‘ng Ayshvariyaga kinolarda suratga tushishga takliflar bo‘la boshladi. U kinodagi karyerasi uchun modellik faoliyatidan voz kechishiga to‘g‘ri keldi.

Mishel Pfayffer

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/%D0%B6%D0%B4%D0%BB%D0%BE%D0%BC%D1%81%D0%BC.jpg
Foto: Getty Images

Gollivud aktrisasi Mishel Pfayffer 1977-yilda “Orinj okrugi go‘zali” bo‘lgan, keyinroq “Kaliforniya go‘zali” tanlovida g‘alaba qozongan. Shundan so‘ng Mishelga prodyuser va rejissorlardan ko‘plab takliflar tushib, model qiz aktrisaga aylandi.

Holli Berri

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/%D0%B4%D0%BB%D0%BE%D1%80%D0%BF%D0%B0%D1%87%D0%B0%D0%BF%D1%80%D0%BE%D0%BB.jpg
Foto: Getty Images

Holli go‘zallik tanlovidagi ishtirokni maktabdan boshlagan. Keyinroq u “Amerika go‘zali” va “Ogayo go‘zali” deb topildi.

Holli “Dunyo go‘zali” tanlovida ishtirok etgan birinchi afroamerikalik ayol bo‘ldi. U tanlovning eng yaxshi 10 nafar ishtirokchilari ro‘yxatidan joy olgan. Tanlovlardagi muvaffaqiyatli ishtirok natijasi o‘zini ko‘p kuttirmadi. Uni kinolarda suratga tushishga taklif qila boshlashdi.

Sheron Stoun

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/77ac8b12ca99187356d031a240d7af13.jpg
Foto: Getty Images

Sheron 18 yoshida “Miss Kroford” tanlovi g‘olibasiga aylandi. O‘shandayoq unga model bo‘lib ishlashga yaxshi shartnoma taklif qilishgan. Sheron modellik sohasidagi muvaffaqiyatli karyerasiga qaramay, taqdirini kino bilan bog‘lashga qaror qildi hamda kastinglarda ishtirok eta boshladi. “Asosiy instinkt” filmi unga olamshumul mashhurlik keltirdi.

Kim Beysinger

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/kim-bejsinger.jpg
Foto: Getty Images

Kim bolaligidan xuddi onasiga o‘xshab model bo‘lishni orzu qilardi. U karyerasini go‘zallik tanlovlaridan boshlashga ahd qildi.

Kim yoshligida “Miss Jorjiya” tanlovida ishtirok etdi, keyinroq “Miss Amerika” deb topildi. Tanlovdagi ishtirokidan keyin Kim modellar agentliklari va fotograflar o‘rtasida talash bo‘ldi. Biroq u kinoda faoliyat yuritishni xohladi.