Daryo.uz | Rasmiy kanal

Angliya Premyer Ligasi tarixidagi eng yaxshi transferlar aniqlandi

FourFourTwo nashri Angliya Premyer Ligasi tarixidagi eng yaxshi transferlar reytingini tuzib chiqdi.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/kantona-680x406.jpg
Foto: Getty Images

Unga ko‘ra, Fransiya terma jamoasi hujumchisi Erik Kantonaning “Manchester Yunayted”ga transferi birinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi. Kantona 1992-yilda “Lids”dan 1,34 million yevro evaziga mankunianliklar safiga o‘tgandi.

Sol Kempbellning erkin agent maqomida “Tottenhem”dan “Arsenal”ga yo‘l olgani ikkinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, Ngolo Kante transferi kuchli uchlikka yakun yasadi. 2015-yilda “Lester” 6,26 million yevro evaziga “Kan”dan sotib olgan futbolchi hozirda “Chelsi” a’zosi hisoblanadi.

FourFourTwo talqiniga ko‘ra APL tarixidagi eng yaxshi 10 transfer:

  1. Erik Kantona (“Lids”dan “Manchester Yunayted”ga, 1992 god) — 1,2 million funt
  2. Sol Kempbell (“Tottenhem”dan “Arsenal”ga,, 2002) — erkin agent
  3. Ngolo Kante (“Lester”dan “Chelsi”ga, 2015) — 5,6 mln funt
  4. Lukas Radebe (“Kayzer Chifs”dan “Lids”ga, 1994) — 50 ming funt
  5. Nikolya Anelka (PSJdan “Arsenal”ga, 1997) — 500 ming funt
  6. Patrik Viyeyra (“Milan”dan “Arsenal”ga, 1996) — 3,5 mln funt
  7. Edvin van der Sar (“Fulhem”dan “Manchester Yunayted”ga, 2005) — 2 mln funt
  8. Dele Alli (“MK Dons”dan “Tottehem”ga, 2015) — 5 mln funt
  9. Sami Hyuyupya (“Villem”dan “Liverpul”ga, 1999) — 2,6 mln funt
  10. Ole-Gunnar Sulsher (“Molde”dan “Manchester Yunayted”ga, 1996) — 1,5 mln funt.

Mavzuga doir: Top-10: APL klublarining 2019/20-yilgi mavsumdagi eng yaxshi transferlari e’lon qilindi

Kantona 1992—1997-yillar mobaynida “Manchester Yunayted”da to‘p surgan. Bu vaqt ichida u to‘rt bora Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi va ikki bor Angliya Kubogiga ega chiqdi. Fransiyalik futbolchi klub safida 179 o‘yin o‘tkazib, 81 gol va 61 ta samarali uzatma muallifiga aylangan.