Daryo.uz | Rasmiy kanal

Farer orollari chempionatida futbolchi 14 daqiqa ichida 4 ta gol urdi. Gollarning uchtasi jarima zarbasidan kiritildi (video)

Futbol bo‘yicha Farer orollari chempionati doirasidagi “AB Argir” va “XB Torsxavn” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda noodatiy holat qayd etildi.

“Torsxavn”ning 21 yoshli hujumchisi Adrian Yustinussen 14 daqiqa ichida poker muallifiga aylandi (8, 12, 17 va 21-daqiqalar). E’tiborlisi shundaki, futbolchi uchta golni jarima zarbasi orqali urdi.

#Poker. Farer orollari chempionatida futbolchi 14 daqiqa ichida poker qayd etdi. Gollarning uchtasi jarima zarbasidan kiritildi

Adrian Yustinussenning shedevrlarini tomosha qiling

⚽️@Gol_Video📺

16-daqiqada kamchilik qolganiga qaramasdan, “Torsxavn” mazkur o‘yinda 5:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ketma-ket uch o‘yindan buyon g‘alaba qozonib kelayotgan “XB Torsxavn” liga peshqadamligini “B36 Torsxavn” bilan bo‘lishib turibdi.

Joriy mavsum Yustinussen barcha musobaqalarda 8 o‘yin o‘tkazib, 10 ta golga mualliflik qildi.