Daryo.uz | Rasmiy kanal

Xitoyda bir sutkada 11, Janubiy Koreyada esa 16 kishida koronavirus qayd etildi

Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 11 ta hamda kasallik belgisiz o‘tayotgan 40 ta holat qayd etildi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/Janubiy-Koreya-C-12.jpg
Foto: AP Photo

Qayd etilishicha, barcha bemorlar kasallikni chetdan yuqtirgan. Shuningdek, sutka davomida 40 kishi infeksiyani belgilarsiz tashuvchi sifatida qayd etilgan. Yana 396 kishi shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Epidemiya boshlanganidan buyon Xitoyda 82 985 kishini koronavirus bilan kasallangani qayd etilgan. Bemorlarning 78 268 nafari sog‘aygan, 4 64 nafari vafot etgan. Kasalxonalarda 83 nafar bemor davolanmoqda.

22-may kuni mamlakatda epidemiya boshlanganidan buyon birinchi bor koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holat qayd etilmagandi. Ammo 24-may kuni Xitoyga koronavirus yana qaytib, 3 kishi kasallangani aniqlandi.

Janubiy Koreyada o‘tgan bir sutkada 16 kishi koronavirusga chalinib, qayd etilgan kasallanishlarning umumiy soni 11 206 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi (KCDC) ma’lumotlariga tayanib.

Qayd etilishicha, yangi kasallanishlarning 13 tasi mahalliy — Xitoy hududining o‘zidan, qolgan 3 tasi esa chetdan yuqtirilgan.

Shuningdek, so‘nggi sutkada 13 kishi kasallikdan tuzalib, sog‘ayganlarning umumiy soni 10 226 nafarga yetgan. Vafot etganlarning soni esa 267 kishini tashkil qilmoqda.

Seulning odam gavjum bo‘lgan Itxevon hududidagi klub va barlarida kasallik yuqtirganlar soni kamida 233 nafarni tashkil qilmoqda.

Mavzuga doir: