Daryo.uz | Rasmiy kanal
Foto: Har qanday haydovchi bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsizliklar
Ko‘ngilsizliklar sodir bo‘lib turadi. Har kim ham kutilmagan yo‘l-transport hodisalariga duch kelishi mumkin. CARakoom omadi chopmagan haydovchilarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Bu kabi avtoturargohlarni kim o‘ylab topgan? Buning ustiga hech qanday panjara ham yo‘q, sizni to‘xtatib qolishi mumkin bo‘lgan yagona narsa — trotuar to‘sig‘i. Ammo u ham har doim yordam beravermaydi

Ba’zida umuman kutilmagan hodisalar sodir bo‘lib turadi. Mazkur Porsche 911 modelining old va orqa bamperlarini it g‘ajib tashlagan

Faqatgina qizlar mashina tepkilarini adashtirib qo‘ymaydi. Suratdan ko‘rish mumkinki, tezyurar poyezd haydovchilari ham doim o‘z vaqtida to‘xtay olmaydi

Haqiqiy kabrioletga aylantirilgan “Gaz-24-10” modeli. Kechasi yog‘gan qor mashina salonini to‘ldirib qo‘ygan

Mazkur konteynerovoz kuchli to‘fonga duch kelgan. Yuk kemasi bortidagi millionlab dollarlik yukka zarar yetgan, konteynerlarning bir qismi esa cho‘kib ketgan

Elektr simlariga osilib yotgan oyoq kiyimlarni ko‘pchilik ko‘rgan bo‘lsa kerak. Biroq hamma ham simyog‘ochga osilgan avtomobilga duch kelmagan

Keskin tormoz berish oqibatida mashina ichidagi uzun taxta old oynaga shikast yetkazgan

Katta tezlikda juda qattiq narsaga urilgan Alfa Romeo’ning g‘ildirak diskalari

Burilish vaqtida yo‘l chetidagi ariqchani ko‘rmay qolgan eski Mercedes-Benz

Ushbu suratda tasvirlangan voqeani tushunish uchun ortiqcha so‘z kerak emas

Muz yomg‘irlari avtomobillarga keng ko‘lamli talafot yetkazishi mumkin

Burilish vaqtida avtomobilning o‘ng tarafidagi turgan kichik to‘siqlar doim ham yaxshi ko‘rinavermaydi

Bu kabi ustunlar aslida avtoturargohlarni tartibga solish uchun o‘rnatiladi, biroq u doim ham foyda keltiravermaydi
