Daryo.uz | Rasmiy kanal
Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 8531 kishiga yetdi. Qirg‘izistonda esa yana ikki kishi COVID-19 qurboniga aylandi, ulardan biri — sobiq spiker
Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 209 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.
Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 2,5 foizni tashkil etmoqda. Koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha yangi holatlar quyida viloyatlarda aniqlangan:
- Olmaota — 37 (1,7 foiz);
- Qarag‘anda viloyati — 33 (5,9 foiz);
- Jambil viloyati — 33 (12,7 foiz);
- Nur-Sulton — 32 (2 foiz);
- G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 28 (7,3 foiz);
- Atirau viloyati — 12 (1,4 foiz):
- Pavlodar viloyati — 10 (5,6 foiz);
- Aqto‘be viloyati — 6 (2,2 foiz);
- Qizilo‘rda viloyati — 6 (2,1 foiz)
- Olmaota viloyati — 4 (1,4 foiz);
- Sharqiy Qozog‘iston viloyati — 4 (6,5 foiz);
- Kostanay viloyati — 2 (1,7 foiz);
- Aqmo‘la viloyati — 1(0,7 foiz);
- Mang‘istov viloyati — 1 (0,6 foiz).
Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 8531 kishiga yetgan. Hozirga qadar 4352 kishi sog‘aygan, 35 kishi virus qurboniga aylangan.
Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus tashxisi qo‘yilgan ikki bemor vafot etdi, deb xabar beradi “Kloop.kg”.
O‘lim holatlaridan biri Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasida qayd etilgan. Qirg‘iziston parlamentining sobiq spikeri Mukar Cho‘lponbayev vafot etgan.
Ikkinchi holat esa Jayil tumanidagi Birlashgan hududiy shifoxonada qayd etilgan. Bu yerda 67 yoshli erkak vafot etgan.
Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus qurbonlari soni 16 kishiga yetdi.
25-may holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 1433 kishini tashkil etmoqda. Hozirga qadar 992 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.
O‘zbekistonda 25-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3180 nafarni tashkil etmoqda. Ayni paytda mamlakatda 2565 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan. Hozirda 602 nafar bemorga shifokorlar tomonidan davo choralari ko‘rilmoqda, 3 nafar bemorning ahvoli og‘ir.