Daryo.uz | Rasmiy kanal

Istanbul qirg‘oqlarida 25 yilda ilk marta kosatkalar qayd etildi

Odatda okeanlarning tropik va mo‘tadil suvlarida uchraydigan kosatkalar Egey dengizning shimoliy qismida qayd etildi, deb xabar berdi “Rusturkey.com”.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/lsd3.jpg
Foto: Getty Images

Sakkizta kosatkaning Gyokcheada orolidan olti chaqirim uzoqlikda ochiq dengizda suzib yurganini ko‘rishgan. Baliqchilar kosatkalarni videoga olib, mutaxassislarga ko‘rsatgan.

“Qirilib ketish xavfi ostida bo‘lgan ushbu kitlar juda noyob va bezarar hisoblanadi” — deydi Istanbul universiteti professori Arda Tonay.

“Kit va delfinlarning 89 ta turi mavjud. Ulardan 13 tasini Turkiyadagi suv havzalarida uchratish mumkin. So‘nggi 30 yil ichida O‘rta Yer dengizida ushbu kitlar ishtirokidagi 20 ta videoyozuv qayd etilgan. Egey dengizida esa bu 25 yil ichida birinchi marta yuz berdi”, — deydi Tonay.

Ma’lumot uchun, kosatkalar tishli kitlar turkumining delfinsimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon. Ularning og‘irligi 8 tonnagacha bo‘ladi. Kosatkalar 35 yilgacha umr ko‘radi.