Daryo.uz | Rasmiy kanal

Zinedin Zidan karantin qoidalarini buzdi

“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan koronavirus pandemiyasi davrida karantin qoidalarini buzdi, deya xabar qilmoqda Diario Sport.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/zidan-680x383.jpg
Foto: Getty Images

Ta’kidlanishicha, fransiyalik mutaxassisni Madrid yaqinidagi qishloqda ko‘rishgan. U bir yilcha avval sotib olgan uyiga borgan.

Koronavirus tarqalishini oldini olish maqsadida o‘ta muhim shaxsiy sabablar bo‘lmasa Ispaniyada shaharlararo qatnovlar taqiqlangan.

Agar Zidan karantin qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilsa, uni 1500 yevro miqdoridagi jarima kutmoqda.

Mavzuga doir: Yaqinda koronavirusni yengib o‘tgan Hadson-Odoi karantin qoidalarini buzganligi sabab hibsga olindi

Mart oyida “Real” hujumchisi Luka Yovich Serbiyada karantin qoidalarini buzgan va buni mamlakat prezidenti ham tanqid ostiga olgandi.

Avvalroq Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches La Liga mavsumi 8-iyundan davom ettirilishini ma’lum qilgandi.