Daryo.uz | Rasmiy kanal
AQShda karantindan so‘ng dam olishga otlangan oila yo‘ldan ichida 1 mln dollar pul bo‘lgan qop topib oldi
AQShning Virjiniya shtatida yashovchi Shanslar oilasi uzoq muddat davom etgan karantindan so‘ng dam olishga qaror qildi hamda mashinada yo‘lga otlandi, deb yozadi Esquire.
Oila a’zolari yo‘ldan bir million dollar naqd pul topib oldi.
Mayor Skott Mozerning aytishicha, mashina tasodifan yo‘lda yotgan qopni bosib ketgan. Oila a’zolari dastlab qopni axlat deb o‘yladi. “Shunday qilib, mashina qopni bosib o‘tgan. Ular yo‘lda davom etish o‘rniga qopni mashinaga ortgan”, — deydi Mozer.
Biroz yo‘l yurgach, Shanslar ikkinchi qopni uchratadi. Ular o‘ylab ham o‘tirmasdan uni ham mashinaga ortgan.
Uyga qaytgach, oila a’zolari qoplarni tashlab yuborishga qaror qilgan, biroq tashlashdan oldin uni ochib ko‘rmoqchi bo‘lishgan. Ma’lum bo‘lishicha, qoplarning birinchisida pochta, ikkinchisida plastik paketlarda pullar bo‘lgan.
Shanslar oilasi shu zahotiyoq mahalliy politsiyaga murojaat qilgan. Aniqlanishicha, pullar haqiqiy bo‘lgan hamda ularning taxminiy miqdori bir million dollarga teng bo‘lgan.
Politsiya hozirda pullarni haqiqiy egasiga qaytarish ustida ish olib bormoqda.
“Men bu oilaning halolligiga qoyil qoldim. Aminmanki, ushbu qarorni qabul qilish oson bo‘lmagan. Bu qariyb bir million dollar naqd pul”, — deydi mayor.