DARYO.UZ

Toshkentda YPX xodimlari yangi formaning ikkinchi variantini sinovdan o‘tkazishni boshladi

12-fevraldan Toshkent shahrida yo‘l-patrul xizmati xodimlariga sinov tariqasida yangi xizmat liboslari tarqatilgani haqida xabar berilgandi. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining yozishicha, YPXning yangi formasi aprobatsiya qilinmoqda.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/02/photo_2020-02-14_11-25-25-645x600.jpg
Foto: Toshkent shahar IIBB

“Toshkent shahar IIBB yo‘l-patrul xizmati xodimlari uchun yangi formaning ikkinchi ko‘rinishi — bahor-kuz mavsumlariga hamda qishning havo harorati plyus bo‘lgan kunlariga mo‘ljallangan”, — deyiladi xabarda.

Qayd etishlaricha, 100 nafar xodimga ikki xil variantdagi xizmat liboslari tarqatilgan.

Mavzuga doir: Foto: Toshkentda YPX xodimlarining formasi o‘zgardi

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda YPX xodimlarining yangi ko‘rinishdagi xizmat liboslari sinovdan o‘tkazilishi haqida ilk bor 2019-yil martida e’lon qilingan edi.